Shrift o'lchami Rang Rasm

Shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos bo'lmaydi

×

 2023-09-18 17:32:28    199

PDF yuklash
Chop etish


Afsuski, yaqin-yaqingacha qarindoshlari sudlangan, deb ishga qabul qilmaslik yoki yuqori lavozimga tayinlamaslik holatlari uchrab turar edi.

Tabiiy savol tug'iladi, jinoyat uchun butun bir avlod javob berishi adolatdanmi? Otasining qilmishi uchun nega farzandlari yoki aka uchun uka javob berishi kerak?

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev taʼkidlaganidek, "Bunday adolatsiz "tizim"dan endi butunlay voz kechamiz. Chunki xalqimizga nisbatan sobiq tuzum davrida, ayniqsa, o'tgan asrning 30-yillaridagi siyosiy qatag'onlarning o'zi yetarli emasmi?!

Yangilangan Konstitutsiyamizning 28-moddasiga "Shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos bo'lmasligi kerak", degan insonparvar va adolatli norma mustahkamlandi. Uning mohiyati nimadan iborat, degan savol tug'iladi.

Sudlanganlik shaxsga sud hukmi bilan jazo tayinlanganidan keyin kelib chiqadigan huquqiy oqibat bo'lib, mazkur shaxsga nisbatan muayyan oqibatlarni keltirib chiqaradi. Masalan, davlat boshqaruvi, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ishga kirish yoki ularda tegishli lavozimlarni egallashda, harbiy xizmatni o'tashda, saylanish huquqidan foydalanishda yoxud muayyan faoliyat bilan shug'ullanishda qator taqiqlarni yuzaga keltiradi. Ammo, shaxsning sudlanganligi bilan bog'liq turli cheklovlar uni o'zi bilan cheklanib, boshqa shaxslarning huquqlariga taʼsir qilmasligi va hech bir holatda inson o'zining yaqinlari yo'l qo'ygan xatolar uchun javob bermasligi kerak!

Shukurjon Karimov 

Jinoyat ishlari bo’yicha

Marg’ilon shahar sudining sudyasi