Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MARG‘ILON SHAHRIDAGI IQBOL MAHALLASIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI
2023-01-31 15:16:57 262
Marg‘ilon shahridagi Iqbol mahalla fuqarolar yig‘inida jinoyat ishlari bo‘yicha Marg‘ilon shahar sudining sudyasi Sh.Karimov tomonidan davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida fuqarolarga muntazam ravishda sudlar tomonidan targ‘ibot qilib borilayotgan “Korrupsiya insonning ma’naviy inqirozi”, O‘zbekiston Respublikasida chaqaloqlar va bolalar savdosi bilan bog‘liq jinoiy holatlarni oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashish, hamda O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 16 dekabr kuni qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida"gi
O‘RQ-810-sonli Qonunining mazmun-mohiyati tahlili yuzasidan shahar sudining sudyasi Sh.Karimov tomonidan tushuntirishlar berildi hamda berilgan savollar va fikrlarga tegishli tartibda javoblar berildi.
Karimov Shukurjon Karimovich,
Jinoyat ishlari bo‘yicha Marg‘ilon shahar sudining sudyasi