Shrift o'lchami Rang Rasm

MUQADDASDIR VATAN BAYROG'I!

×

 2022-11-19 14:01:16    165

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i” shiori ostida Marg‘ilon shahrida  avtomobillar marafoni o‘tkazildi. 
Marafonda shahar hokimi A.Ziyavitdinov, hokim o‘rinbosari A.Abdullayev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Marg‘ilon shahar bo‘linmasi rahbari M.Yuldasheva, Mudofaaga ko‘maklashvchi Vatanparvar tashlikoti, Madaniyat bo‘limi va bir qator mutasaddi rahbarlar ishtirok etdilar.
Tantanavor musiqa,  chaqiriq va tabriklar sadosi ostida shahar ko‘chalari bo‘ylab O‘zbekiston bayroqlarini hilpiratib harakatlangan avtomobillar karvoni barchaning e'tiborini jalb qilib bayramona kayfiyat bag'ishladi.