Shrift o'lchami Rang Rasm

Munosabat

×

 2022-06-16 19:04:03    293

PDF yuklash
Chop etish


Ruxsor telekanali orqali Marg‘ilon teatri muzeyi yaqinida avtomobillar qo‘yish uchun joy mavjud emasligi, sayyohlar uchun yetarlicha sharoit yaratilmagani, muzey hududidagi favvora ishlamayotgani, shuningdek, shahardagi Uzumzor MFY yig‘inida joylashgan damba nosozligi sababli turli ko‘ngilsizliklar yuzaga kelayotgani, hududdagi simyog‘ochlar yaroqsiz holatga kelib qolgani tanqid ostiga olingan videolavha e’lon qilindi.

Yuqorida keltirilgan holatlar bo‘yicha ishchi guruhi shakllantirilishi, lavhada keltirib o‘tilgan har bir tanqidiy holatlarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tartibda, mas’ullar ishtirokida ish tashkil qilinishi bildiriladi.