"Yashil makon" - ekologik muhitni yaxshilash va mahallalarni obodonlashtirish ishlari davom etmoqda










Bugun, 28-fevral kuni, Marg‘ilon shahar hokimligi tashabbusi bilan sektor rahbarlari, mahalla oqsoqollari, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi a’zolari, mahalla faollari hamda shaharda faoliyat yuritayotgan tashkilotlar vakillari ishtirokida "Yashil makon - umummilliy" loyihasi doirasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbir boshida so‘zga chiqqan shahar hokimi Shukurulloxon Nisbatxonov yig‘ilganlarni kirib kelayotgan bahor fasli bilan qutladi va barchani shahrimiz obodligi yo‘lida birlashishga chorladi.
2025-yil bahor mavsumida Marg‘ilon shahri hududida jami 235000 tup manzarali va mevali daraxtlar o‘tqazish rejalashtirilgan.
Ishtirokchilar Erkin Vohidov nomidagi istirohat bog‘ida zarang, qayrag‘och, archa va boshqa turdagi manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!