Shrift o'lchami Rang Rasm

"Balli yigitlar"

 2018-03-17 08:20:28    385

PDF yuklash
Chop etish


Marg’ilon shahar XTB tasarrufidagi 2-Davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida 2018 yil 16 mart kuni Navro’z bayrami munosabati bilan 8-10-sinf o’g’il bolalari  o’rtasida  "Balli yigitlar" musobaqasi bo’lib o’tdi. Tadbirni maktab direktori K.Ro’ziboyeva ochib berdi. Shundan so’ng tadbirda bayramga bag’ishlangan she’r va raqslar ijro etildi. So’ngra o’quvchilar 3 ta shart bo’yicha bellashdilar. Musobaqa yakunida 1-o’rinni 10-A sinf o’quvchilari, 2-o’rinni 9-B sinf o’quvchilari, 3-o’rinni 8-D sinf o’quvchilari egalladilar. G’oliblarga maktabning esdalik sovg’alari topshirildi. Tadbirda MMIBDO’  X.Jamoldinov, O.Qurbonov,  274 nafar  7-10-sinf  o’quvchilari va 8 nafar pedagoglar ishtirok etdilar.