Shrift o'lchami Rang Rasm

HARAKATLAR STRATEGIYASI AMALDA

 2017-10-16 11:16:02    351

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmonida  belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari shahar Kengashining “Mahalliy byudjetni shakllantirish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni ri-vojlantirish masalalari” doimiy komissiyasi hamda O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolarining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Yig’ilish avvalida shahar Bandlikka ko’maklashish markazi direktori T.Asomutdinovning “2017 yilda aholi bandligi dasturi” ijrosining bajarilishi, aholining eng avvalo, xotin-qizlar, ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish vazifalari ijrosini ta’minlash chora-tadbirlariga asosiy e’tiborni qaratish lozimligi, shuning-
dek aholini ishga joylashtirish va ularning ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamlarini yanada qo’llab-quvvatlashni tashkil etish borasida shahar miqyosida amalga oshirilgan ishlar to’g’risidagi axboroti eshitildi.

Jumladan, o’tgan davr mobaynida 1402 nafar ish bilan band bo’lmagan fuqarolar doimiy ishga joylashtirilgan bo’lib, ulardan 75 nafari ijtimoiy muhofazaga olindi, 30 nafari kasbga tayyorlandi va yana 30 nafar fuqarolar mavsumiy jamoat ishlariga jalb etildi. Qolgan 15 nafar fuqarolarga  o’z mutaxassisliklari bo’yicha shaharda bo’sh ish o’rinlari mavjud emasligi sababli ishsizlik nafaqalari tayinlangan.

Shuningdek shahar hokimligi, shahar prokuraturasi hamda
bandlikka ko’maklashish markazi bilan hamkorlikda joriy yilning shu kuniga qadar 1230 nafar fuqarolar ishtirokida 6 ta “Bo’sh ish o’rinlari mehnat yarmarkalari” o’tkazildi. Ushbu yarmarkalarda 356 ta korxona va tashkilotlar o’zlaridagi mavjud 1950 ta bo’sh ish o’rinlari bilan ishtirok etdi. Yarmarka natijalariga ko’ra 134 nafar fuqarolarga tegishli korxona va tashkilotlar tomonidan ishga joylashish uchun yo’llanmalar berildi.

Yig’ilish yakunida kun tartibiga qo’yilgan shu kabi yana qator muhim masalalar muhokama qilinib, bildirilgan fikr-mulohazalar inobatga olingan holda tegishli qarorlar qabul qilindi.

Osimxon AXMATShAEV,

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati.