Shrift o'lchami Rang Rasm

“IPAKChILIK” O’QUV USLUBIY MARKAZI OChILDI

×

 2017-10-06 10:13:15    328

PDF yuklash
Chop etish


Kuni kecha kollej binosida mazkur markazning tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi, Marosimda so’z olgan kollej direktori R,Usmonov, O’rta-maxsus kasb-hunar ta’limi metodik bo’limining yetakchi mutaxassisi B,Haydarov hamda O’zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti ilmiy rahbari M,Mirzaxonovlar yig’ilganlarni avvalo shonli mustaqilligimizning qutlug’ 26 yillik bayrami bilan samimiy qutlab, markazda ipakchilik sohasida yaratilgan imkoniyatlar haqida to’xtalib o’tdilar.

Uslubiy markaz nizomida viloyatdagi pilla xom ashyosini yetishtiruvchi korxonalar xodimlari, pilla yetishtiruvchi fermer xo’jaliklari a’zolari hamda pilla va ipakchilikka ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlarining maxsus fan o’qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining malakasini oshirish maqsadida qisqa muddatli 36-72 soatlik kurslari tashkil qilish, shuningdek markazni maxsus laboratoriya jihozlari, pillani qayta ishlash texnologiya va uskunalari, ipak tolani yigirish hamda kalavalash uskunalari, mato to’qish, rang berish hamda ipakdan mato to’qish dastgohlari bilan to’liq ta’minlash ishlarini amalga oshirish aniq ko’rsatib o’tilgan.

Tadbir yakunida shahrimizdagi kasb-hunar kollejlari rahbarlari, ishchi xodimlar va yig’ilish ishtirokchilari kollej binosida tashkil etilgan ko’rgazma – milliy hunarmandchilik namunalari bilan yaqindan tanishish orqali davlatimiz rahbari tomonidan  respublikamizda ipakchilik sanoatini yanada jadal rivojlantirish ishlariga alohida ahamiyat qaratilayotganligi hamda bugun butun
dunyoga o’zining betakror va nafis chiroyi ila dovrug’ taratgan sof ipak matolarimizning jahon miqyosida naqadar yuksak qadr-qimmatga ega ekanligining guvohi bo’ldilar.

Abdubannob MANSUROV.

D.RAHMONOV olgan surat.