Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Oktyabr 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

MUNOSIB TUHFA

×

 2017-10-06 10:10:30    23

PDF yuklash
Chop etish


Shahrimizdagi “Zuxro” MFY hududida joylashgan 23-umumiy o’rta ta’lim maktabi jamoasi uchun esa bu yilgi bayram qo’shaloq keldi. Boisi joriy yilda 1296 o’ringa ega bo’lgan mazkur maktab binosi investitsiya dasturi asosida to’liq ta’mirdan chiqarilib, yangi o’quv yilida yangicha qiyofada o’quvchilar ixtiyoriga topshirildi. Maktab binosini to’liq rekonstruksiya qilish rejasiga ajratilgan 1 milliard 981 million so’m mablag’ o’quv xonalarini mebel jihozlari bilan ta’minlash hamda ta’mirlash ishlariga maqsadli sarf etildi.


Maktabning tantanali ochilish marosimida so’zga chiqqan viloyat hokimi o’rinbosari Dilshod Xojiahmedov, shahar hokimi o’rinbosari Azizbek Abdullayev, maktab direktori Otabek Xomidov hamda “Zuhro” MFY raisi Mohiraxon Akbarovalar yig’ilganlarni shonli bayramimiz bilan samimiy qutlab, ta’lim maskanida o’quvchilar uchun yaratilgan barcha qulay shart-sharoitlar, ayniqsa yorug’, shinam va bir-biridan bejirim o’quv xonalari haqida ma’lumot berdilar.


Zamonaviy dizayn asosida ko’rkam qiyofa kasb etgan mazkur maktab binosi yangi o’quv yiliga o’zgacha ishtiyoq hamda puxta bilim olish istagida qadam bosgan o’quvchilar uchun munosib tuhfa bo’ldi.