Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Oktyabr 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

TALIM MUASSASALARI YANGI O'QUV YILIGA TAYYORMI?

 2017-08-21 12:05:33    46

PDF yuklash
Chop etish


Bu borada viloyatimizdagi maktabgacha ta`lim muassasalari va umumiy o’rta ta’lim maktablarida tizimli ishlar olib borish, mas’ul boshqarma va muassasalar rahbarlari mas`uliyatini oshirish muhim vazifa 

Yaqinlashib kelayotgan yangi o`quv yiliga bugundan ko`rilayotgan tayyorgarliklar muassasalarning butun o`quv yili davomidagi sifat ko`satgichi va ta`lim samaradorligiga jiddiy ta`sir ko`rsatishi shubhasiz. Bu esa viloyatimizdagi ta`lim muassasalarida amalga oshirilayotgan yangi o`quv yiliga tayyorgarlik jarayonini yanada jadallashtirishni taqozo etayotir.

 Bugungi kunda viloyatimizda 915 ta umumta`lim maktablari va 643 ta maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyat ko’rsatib, mazkur umumta’lim maktablariga 510 ming nafardan, maktabgacha ta’lim muassasalariga 93 ming nafardan ziyod o’g’il-qizlar qamrab olingan. Joriy yilda 26 ta umumta’lim maktablarida 25, 3 mlrd. so’mlik, 38 ta maktabgacha ta`lim muassasasi binosida 21, 6 mlrd. so`mlik  qurilish-ta’mirlash ishlar amalga oshirilish ko’zda tutilmoqda. Ta’lim muassasalarini yangi o’quv yili, shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari ham maxsus ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi asosida tashkil etilib, mazkur tadbirlarga mahalliy byudjet mablag’lari hisobidan 14 mlrd. 602 mln. so’m miqdorda mablag’lar ajratilgan.

Unga ko’ra, 117 ta umumta’lim maktablari va 67 ta maktabgacha ta’lim muassasalarida joriy ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan. Hozirda 1104 pogG’m ichki issiqlik tizimi ta’mirlandi. Biroq bu ta’mirlanishi kerak bo’lgan issiqlik tizimining 13 foizi, xolos. 10 236 kvG’m tom qismini ta’mirlash rejasidan 918 kvG’m qismi bajarildi (9 foiz),  96, 6 kvG’m deraza romlari plastik profilli romlarga almashtirildi (4 foiz), 270 pogG’m kanalizatsiya tizimi sozligi ta’minlandi (21 foiz), muassasalar hududlarini temir panjara va beton devorlar bilan o’rash ishlari esa 17 foizga bajarilgan. Buning natijasida 30 ta maktabgacha ta’lim muassasalarining 3026 metr, 100 ta umummta’lim maktablarining 16790 metr atrof hududlari maxsus devorlar bilan o’ralmasdan qolmoqda. Ko’zda tutilgan 73 dona qozonxonaning 11 donasi kuz-qish mavsumiga tayyor holatga keltirildi. Shuningdek, 2017-2018 yilgi qish mavsumi uchun sarflanishi rejalashtirilgan 40 900 tonna ko’mir yoqilg’isining 6 342 tonnasi joylarga etkazildi. Biroq borada amalga oshirilishi kerakli bo’lgan ishlar talaygina. Mavsum yaqin, belgilangan chora-tadbirlarni o’z vaqtida ado etishga bee’tiborlik bilan qarab bo’lmaydi.

Yangi o’quv yiliga tayyorgarlik jarayoni ham alohida mas’uliyat va talabchanlikni taqozo etayotir. Hozirgacha maktab kutubxonalarida mavjud bo’lgan darsliklar, o’quv-metodik qo’llanmalar va boshqa adabiyotlar inventerizatsiyadan o’tkazildi. O’quv yili boshida viloyatimizdagi 73 ming 503 nafar 1-sinf o’quvchilariga “Prezident sovg’asi”  taqdim etilishi, 2017-2018 o’quv yili uchun 4-, 6- va 7-sinf o’quvchilariga yangi chop etilgan 2 mln.298 ming 968 nusxa darsliklar ijara tizimi asosida etkazilishi, shuningdek, mazkur darsliklarning 17 ming 662 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlariga bepul tarqatilishi rejalashtirilmoqda.

Ta’lim muassasalarining yangi o’quv yili va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni bosqichma-bosqich davom etayotir. Mazkur mavzuga avgust oyi yakunida yana qaytamiz.